 Biz barchamiz ehtimol  yorug' olamda muhabbat va mehirga to'la munosabatlarga juda tashnamiz va shunday munosabatlarga intilamiz. Biroq , shunda ham nega shuncha odamlar izlanishda, umid qilib, lekin tilaganini kamdan kam topib yolg'izlikda yashaydilar? Agar biz hammasidn ham ko'proq munosabatni istarkanmiz, nima uchun ajralishlar soni va oila buzilishlari misli ko'rilmagan miqtorda o'smoqda? Nima uchun odamlar bilan to'lib - toshgan shaxarlarda ko'plar o'zlarini shunchalar yolg'iz, shunchalar yakkalangan his qiladilar? Balki biz muhabbatni boshqa joydan izlayotgandirmiz?
 Keng tarqalgan tasavvurlarga qaramasdan, muhabbat - bu taqdir yoki omad natijasi emas, u << kelib - ketavermaydi >>, biz uni yaratamiz... va har birimiz uni yaratish layoqatiga egamiz. Har birimiz sevish va sevilish qobilyatiga egamiz, har birimizda muhabbat asosiy o'rinda bo'lgan munosabatlarni yo'lga qo'yish layoqati bor. Hozir qanday yashayotganimiz muhim emas - yolg'izlikdami yoki tuzoqqa tushkan kabi bebaxt, o'lik munosabatlar bilanmi, umir o'zgarishi kerak, aynan biz uni o'zgartirishga qodirmiz.
 Boshqa ko'p zarbulmasallardan farqli ravishda, ushbu kitobning ko'p qahramonlari, garchi ularning ismlari, albatta, o'zgargan bo'lsa-da, real insonlar hisoblanadilar. Ularning hikoyalari xuddi meni ilhomlantirgani kabi sizga ham ilhom bag'ishlashiga va hayot qanday bo'lishi kerak bo'lsa, shunday quvonch, mo'jizalar va mehrga limmo-lim bo'lishi mumkinligi to'g'risida eslatish uchun xizmat qili-shiga umid qilaman.

Adam JEKSON
Xartfordshir, iyul 1995